Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu AS nashriga bergan intervyusida faoliyatini qachon yakunlashi borasidagi savolga javob qaytardi.

Foto: AFP

Foto: AFP

“Faoliyatimni qachon yakunlayman? Bilmadim. Balki, keyingi yiliyoq yakunlarman. Biroq 40 yoki 41 yoshgacha o‘ynashim ham mumkin. Buni aniq bilmayman. Bugungi kundan zavq olish kerakligini har doim aytib kelganman. Men bu ishni qilishda davom etmoqchiman”, — deydi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsum “Yuventus” safida 43 o‘yin o‘tkazib, 28 gol va 10 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan