Rossiyalik shifokorlar yaralarga surish uchun oddiy spirtli yoddan foydalanmaslikni maslahat berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Shifokorlarning eslatishicha, barcha rossiyaliklar uchun oddiy bo‘lgan yod kuydirishi mumkin, undan yaralarning o‘ziga emas, “chuqur bo‘lmagan shilingan joylarga va yaralarning atrofiga” surishda foydalanish tavsiya etiladi. Aks holda u shilliq yoki yumshoq to‘qimalarga zarar yetkazishi mumkin. Xuddi shu narsa “zelyonka”ga ham taalluqli.
Spirtli yod o‘rniga ekspertlar betadin, povidon-yod, yodopiron kabi zararsizlantiruvchi suvli eritmalarni tavsiya qiladi.
Yod o‘ziga o‘xshash boshqa vositalardan ko‘ra ko‘proq allergiya chaqiradi va qalqonsimon bez kasalliklariga chalingan odamlarga taqiqlanadi. Ammo u vodorod peroksididan ko‘ra samaraliroq ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)