Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir paytlar Mo‘ynoq baliqchilik sanoati bilan mashhur bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili bu yerga kelib, mavjud suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Mo‘ynoq akva sanoat” korxonasi — ana shu tashabbus natijasi. Loyiha qiymati 20 milliard so‘mlik mazkur korxona yiliga 4 ming tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. 200 tonna dudlangan baliq, 780 tonna farsh, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqariladi. Qariyb 60 ish o‘rni yaratiladi.

Bugungi kunda korxona binosi qurilishi yakunlanib, texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda. Uni shu yil sentabrda ishga tushirish mo‘ljallangan.

Shu yerda Qoraqalpog‘istonda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu tarmoqda qo‘shimcha 17 loyiha ishlab chiqilgan. Ular natijasida baliq yetishtirish hajmini 15 ming tonnaga, qayta ishlash darajasini 36 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Orolning qurigan tubiga butalar ekish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 42 yilda 400 ming gektar maydonda saksovullar ekilgan bo‘lsa, 2018—2019-yillarda qariyb 500 ming gektarda himoya o‘rmonzorlari barpo etilgan. To‘plangan tajribadan kelib chiqib, yana ikki yilda 700 ming gektar yerni yashil hududga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.

 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi