Markaziy bank valyuta bozorida neytrallik tamoyili asosida ishtirok etmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Normurodov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
Normurodovning aytishicha, valyuta kursini belgilashda Markaziy bankning hech qanday ta’siri yo‘q. Ya’ni Markaziy bank iqtisodiyotdan qancha valyuta sotib olsa, yana shuncha iqtisodiyotga olib chiqmoqda.
“Buni rasmiy saytimizda oltin valyuta zaxiralari haqida chiqarilayotgan ma’lumotlardan ham bilib olish mumkin. Markaziy bank oltin valyuta zaxirasida sezilarli darajada ko‘payish ham, kamayish ham yo‘q. Bu degani Markaziy bank neytrallik tamoyili asosida valyuta bozoridagi ishtirokini ta’minlab kelmoqda”, — dedi Markaziy bank rahbari.
Oldinroq Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamasligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)