Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish va har tomonlama mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qizg‘in munozaralar chog‘ida milliy brend va mamlakat imijiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, investitsiya muhiti, savdo va biznes erkinligi, davlat boshqaruvining samaradorligi, milliy merosni asrash, inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
“Maqsadimiz — O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga katta imkoniyatlar mamlakati sifatida tanishtirish, diyorimizning noyob salohiyatini ochib berish. Albatta, bu oson ish emas. Lekin ishonchim komilki, kuchli jamoamiz sa’y-harakatlari va davlat idoralari bilan hamkorlikdagi ishimiz tufayli biz yuksak natijalarga erishamiz, dunyoga yangi O‘zbekistonni namoyish eta olamiz!” — deya yozuv qoldirgan Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)