Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turida Namanganning “Navbahor” klubi safarda “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Bellashuvning 52-daqiqasida namanganliklar yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboyev “Andijon” darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa “Navbahor” vodiy derbisida “Andijon”dan 1:0 hisobida ustun keldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Namangan” ochkolari sonini 25 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Andijon” esa 16 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Superliga

18-avgust, yakshanba

17-tur bahsi

“Andijon”—“Navbahor” 0:1

Gol: 0:1 — 52 Aziz Turg‘unboyev

“Andijon”: Ruslan Matniyozov, Radosav Aleksich, Bobur Akbarov, Abror Husinov, Xushnudbek Avilov, Dilshod Rahmatullayev, Farhod Bekmurodov, Abdurahmon Abdulhaqov (Qahramon Bahodirov, 59), Sardor Azimov, Ro‘zimboy Ahmedov, Shahzod Ubaydullayev (Davronbek Isoqov, 72)

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Aziz Ibrohimov, Azim Ahmedov, Ivan Solovyov, Aziz Turg‘unboyev, Obid Jo‘raboyev, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Ilhom Alijonov, Abbos G‘ulomov, Amirbek Jo‘raboyev

Ogohlantirishlar: Abror Husinov (13), Ilhom Alijonov (37), Jahongir Mehmonov (70), Obid Jo‘raboyev (76)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar