• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Karibliklar, marhamat! Dollar va gunohlar bog‘liqligi, zo‘ravon “zamhokim” va “mo‘g‘ul go‘shti halolmi?”

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    O‘zbekistonda yana 20 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi. Ular asosan Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi kichik davlatlardir. Vizasiz rejim 2020-yilning 1-yanvaridan amal qila boshlaydi va muddati 30 kundir. Bu prezident farmonida ko‘rsatilgan bo‘lib, maqsad turizmni rivojlantirish. O‘zbekistonga keluvchi turistlar ichida karibliklar hamda Lotin Amerikasi vakillari qancha – bu noma’lum.

    Foto: Live and Let’s Fly

    Foto: Live and Let’s Fly

    Shu tariqa, 13-avgust kuni imzolangan prezident farmoni bilan fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kela oladigan davlatlar soni 85 taga yetdi. Yana 77 davlat fuqarolari esa O‘zbekistonga kelish uchun elektron viza olish imkoniga ega.

    Ammo xorijlik sayyohlar baribir vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishi zarur va bu turizm rivojiga xalaqit beruvchi omillardan sanaladi.

    * * *

    Bu hafta ham dollar ko‘tarilishi davom etdi. Fuqarolar orasida dollar vasvasasi ham davom etmoqda, hamma jamg‘armasini dollarga aylantirib qo‘yish tashvishida...

    O‘tgan hafta ilk marta 8700 so‘mlik kursdan oshgan dollarni bu hafta banklar 9100 so‘mdan sotishni, 9055 so‘mdan sotib olishni boshladi.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    Dollar oshishiga kuzatuvchilar munosabatini bildira boshlagan. Taniqli iqtisodiy tahlilchi Yuliy Yusupovning maqolasida bu ortiqcha pul emissiyasi bilan bog‘liqligi izohlangan. Musulmonlar idorasi ham mavzuga aralashib “dollar oshishi, narxlar qimmatlashishi gunohlarimiz sabablidir”, deb izohladi. “Agar maxluqlarning rizqi dollarga bog‘liq bo‘lganida, dollar oshgan paytda osmonda parvoz qilayotgan qushlar, dengizda suzib yurgan baliqlar va quruqlikdagi barcha jonzotlar ochlikdan o‘lib ketgan bo‘lardi”, – deb xulosa qilinadi bayonotda.

    * * *

    “Daryo” haftanomalarida mansabdorlarning quyushqonga sig‘maydigan xatti-harakatlarini keng yoritib kelayotganimiz barchaga ayon. Bu hafta estafeta bayrog‘ini poytaxtning Olmazor tumani hokim o‘rinbosari qabul qilib oldi. 14-avgust kuni tuman hokimining o‘rinbosari Abdurasul Vahobov surishtirish ishlari olib borayotgan “Kun.uz” xodimlariga davlat organi xodimiga xos bo‘lmagan tarzda muomalada bo‘ldi. U videotasvirga olmaslikni talab qilib operatorga tashlandi va o‘zini bosib ololmay, tajovuzkorona harakatlarini davom ettirib, tahririyat mulki bo‘lgan texnika vositasini (shtativni) sindirib tashladi. Militsiya va hokimlikning boshqa vakillari hodisaga miq etmay qarab turgani videotasvirga muhrlangan.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Ko‘ngilsiz hodisa jamoatchilikda qattiq rezonans berdi. Faol deputat Rasul Kusherboyev Olmazor hokimining zo‘ravon o‘rinbosari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, dedi. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi kutilmaganda tashabbus ko‘rsatib, “Kun.uz”chilarga zo‘ravonlik qilgan Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarining xatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv boshladi. Toshkent shahri hokimligi Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari va “Kun.uz” muxbiri o‘rtasidagi nizo sabablarini o‘rganishga kirishdi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mansabdorlarning OAV vakillariga nisbatan nomunosib harakatlarini qoraladi. “Kun.uz”chilarga qo‘pollik qilganini tushuntirgan o‘rinbosar Abdurasul Vahobov “jurnalist tamagirlik qilgani uchun o‘zini bosa olmagani” bilan izohladi. “Kun.uz”ning javob bayonoti kuttirmadi va o‘rinbosarning iddaolari rad etilib, jurnalistga tuhmat qilgani uchun Bosh prokuraturaga shikoyat yo‘llangani ma’lum qilindi.

    Hafta so‘ngida Abdurasul Vahobovni boshqa bir video yanada mashhur qildi. U uyi buzilishiga qarshilik qilayotgan fuqaroning qo‘lini qayirib olib chiqayotgan xodimlarga yordamlashayotgani videoda aks etgan.

    * * *

    15-avgust kuni AOKA direktori Komil Allamjonov har bir OAV, bloger, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi guruhlar moderatori o‘zlari yozgan ma’lumotlar ostida foydalanuvchilar yozgan har qanday izohlar uchun ham javobgar bo‘ladi, deb chiqdi.

    Foto: Facebook / Komil Allamjonov

    Foto: Facebook / Komil Allamjonov

    Jahon tajribasida mavjud bo‘lmagan bu qoida jamoatchilikda taajjub uyg‘otgani uchun shu kuni kechqurun AOKA direktori hamda jurnalist va blogerlar o‘rtasida muloqot o‘tkazildi. Muloqotning asosiy nuqtasi izohlar uchun post egasini javobgarlikka tortish masalasi bo‘ldi. Yurist Xushnudbek Xudoyberdiyev javobgarlikka tortishning o‘z bosqichlari borligini, avval uning qonunga zidligini isbotlash hamda bundan OAV va blogerni xabardor qilish lozimligini ta’kidladi. Shu tariqa “hamma bir-birini tushundi”.

    * * *

    Davlat rahbari aholini qiynayotgan muammoni e’tirof etmasligi u bilan xalq o‘rtasida ko‘rinmas masofa yaratadi, tez-tez muammolarni tilga olishi esa ushbu muammolarga befarq emasligi va chora ko‘rayotganini anglatadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni o‘tkazilgan majlisida O‘zbekiston uchun eng og‘ir masalaga aniqlik kiritdi. Davlat rahbarining aytishicha, eng katta xavf — kadrlar saviyasi, bilimi, ilmi va fidoyiligida. Shuningdek prezident, o‘nlab yillar davomida aholini qiynab kelgan mavzuda gapirib “Suv yo‘qligi, gaz yo‘qligi, elektr yo‘qligi… alam qilmaydimi bizga?” dedi.

    Avgust boshida Shavkat Mirziyoyev “Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimlarining harakatlari siyosatimga dushmanlik, xiyonat”, deb aytgan edi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda viloyat hokimlari prezident tomonidan tayinlanadi.

    * * *

    Go‘sht bahosi tobora oshib ketayotgani aholini jiddiy tashvishlantirmoqda. Bu xususda rossiyalik ekspert Dmitriy Gordeyev so‘z olib, “O‘zbekistonda bozorlarga go‘shtni asosan fermerlar yetkazib beradi. Fermerlik xo‘jalik mahsulot ishlab chiqarish hajmi uncha katta emas, narxlar, masalan, don, energiya resurslariga ko‘tarilishi mahsulot tannarxiga bog‘liq”, dedi. Mamlakatimiz qoramol import qilayotgani uchun qo‘shni Qozog‘istonda go‘sht narxi oshib ketdi. Qozoq akimati avvalo o‘z fuqarosini ta’minlash maqsadida mol go‘shti eksportini cheklashi mumkin.

    Avvalroq uchta korxonaga Mo‘g‘ulistondan go‘sht import qilish huquqi taqdim etilishi aytilgan edi. Qariyb 95 foizi musulmon bo‘lgan yurtimizda mo‘g‘ullarning go‘shti halolligi yuzasidan savollar yuzaga chiqdi. “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov “Mo‘g‘ulistondan kirib keluvchi go‘sht mahsulotida ‘Halol’ sertifikati yo‘q va bunday talab ham qo‘yilmagan. Chunki barcha xaridorlar ham bu jihatga e’tibor bermaydi. Lekin bu iste’molga yaroqsiz degani emas. Agar mahsulot sanitariya-gigiyenik talablarga mos kelsa, u sotuvga chiqarilaveradi”, deb aniqlik kiritdi.

    * * *

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘zbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda. Bu haqdagi qonunning qabul qilinishi xotin-qizlarni erta nikohini va erta tug‘rug‘ini oldini olishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoshini belgilangani holati ham o‘rganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Ayollar uchun nikohlanishning eng kam yoshi turli mamlakatlarda turlicha bo‘lib, 15 yoshdan 21 yoshgachadir. Biroq nikoh yoshi past bo‘lgan mamlakatlarning aksariyati kam taraqqiy etgan va ayollar salomatligi borasida oqsaydi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    18.08.2019, 16:01   Izoh (0)   62709
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Havo floti kuni: Chirchiqda harbiy aviashou o‘tkazildi (foto)

    18.08.2019, 15:38

    “Jasliq” qamoqxonasini yopish to‘g‘risidagi qarorga bir qator davlat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar o‘z munosabatini bildirdi

    18.08.2019, 14:40

    O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Toshkentga qaytib keldi

    18.08.2019, 13:48

    “Meni shunday tarbiyalashgan”. O‘zbekistonlik yigit Permdagi avtobus halokatida jabrlanganlarni qutqardi

    18.08.2019, 13:42

    Samarqandda 25 yoshli ayol o‘zini Oqdaryo kanaliga tashladi

    18.08.2019, 13:30

    Namanganda bir guruh o‘smirlar tengdoshini daraxtga bog‘lab qo‘yib, uni tahqirladi (video)

    18.08.2019, 12:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada qidiruvdagi erkak Eron uchun josuslik qilishda ayblanib, hibsga olindi

    Dunyo | 2 iyul, 18:10

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00

    Kastingdan o‘tgan bo‘lsa-da filmda rol ijro etish huquqidan mahrum etilgan aktyorlar

    Kino | 2 iyul, 17:59

    Qashqadaryoda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazgan tenderi bekor qilindi — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:49

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:30

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:20

    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

    Reklama | 2 iyul, 16:30

    Bokuda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 17:14

    “Arsenal” “Sporting” hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 2 iyul, 17:09

    Ozarbayjon rus tilidagi maktablarni yopishni boshlaydi

    Dunyo | 2 iyul, 17:05

    AQSHda ayol ChatGPT yordamida 23 ming dollarlik kredit qarzidan qutuldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.