Nyu-Yorkdagi metro vagoniga bahaybat beshiktervatar kirib oldi va Twitter yulduziga aylandi, deb yozmoqda New York Post.

Shahar kengashi a’zosi Kit Pauers metroda ketayotgan paytda boshqa yo‘lovchi u uzun oyoqli hasharotdan xavfli yaqinlikda o‘tirganidan ogohlantirgan. Kit Pauers Twitter’da metro vagoni devoridagi bahaybat beshiktervatar suratini joylaganidan keyingina chetga o‘tgan.

“Nyu-Yorkning aksariyat aholisi kabi men ham metrodagi bahaybat beshiktervatardan qo‘rqaman”, — deb izoh yozgan u joylagan suratiga.

“Voy tovba, kengash a’zosi ham shunday narsalar yozishi mumkinmi?”, — deb izoh qoldirgan Twitter foydalanuvchilaridan biri.