Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hozirgi kunga kelib Toshkent viloyati IIBB YHXBga hududda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan 232 ta holat bo‘yicha videoyozuv kelib tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot bo‘linmasi “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Google images

Foto: Google images

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 747-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar sayt orqali qabul qilinmoqda.

Toshkent viloyati hududida sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan 232 ta holat bo‘yicha videoyozuv kelib tushgan.

Ushbu huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlarning 154 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida” nizom talablariga mos deb topilib, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtirildi. Ularga nisbatan tegishli tartibda qarorlar chiqarilib, qaror nusxalari “O‘zbekiston pochtasi” ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga jo‘natildi.

“Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, videoregistrator orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holati to‘g‘risidagi videoyozuvda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, transport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi hamda huquqbuzarlik sodir etilgan sana va vaqt aniq aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, videoregistratorlarning davlat standartlaridan o‘tganligi to‘g‘risida hech qanday hujjatlar talab etilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi