Avvalroq Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak do‘sti bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan xonadosh ayolni zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
“Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ayol hamyurtimiz N.X.ning zo‘rlangani bo‘yicha jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Ushbu holat bo‘yicha boshqa O‘zbekiston fuqarosi N.X. qo‘lga olingan”, — deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Izoh (0)