Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tgan “Masters” musobaqasida g‘olib chiqdi.

Foto: Getty Images

Ispaniyalik raketka ustasi final bahsida jahonning 13-raqamli tennischisi Daniil Medvedevni mag‘lubiyatga uchratdi. 1 soat va 10 daqiqa davom etgan uchrashuv 6:3, 6:0 hisobida yakun topdi.

Bu 33 yoshli Nadal va 23 yoshli rossiyalik tennischi o‘rtasidagi ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi.

Shu tariqa, Nadal faoliyatidagi 83-sovrinni qo‘lga kiritidi. Shuningdek, bu yil hisobidan Rafa uchinchi sovringa ega chiqdi. Avvalroq u “Rolan Garros” va Rimdagi “Masters” musobaqasida zafar quchgandi.

Yanada ko‘proq tennis va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!