Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda “Mo‘yi Muborak” muzeyidagi “Usmon Mus’hafi” saqlanayotgan sarkofagning — havoni tozalab, namlikni bir me’yorda ta’minlab turuvchi uskunaning xizmat qilish muddati tugagani tufayli 5—6-avgust kunlari yangisiga almashtirildi.

Foto: O‘MI matbuot xizmati

Foto: O‘MI matbuot xizmati

Almashtirish jarayonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Ma’mur Tolibov, biologiya fanlari nomzodi Ahmadjon Maxsumxonov, Germaniyadan kelgan mutaxassis Mayer Sebastian va boshqalar ishtirok etdi.

“Usmon Mus’hafi” saqlanayotgan sarkofagga o‘rnatish uchun olingan RK-2/5 rusumli uskunani O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Germaniyaning Glasbau Hahn firmasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, germaniyalik mutaxassis o‘zi bilan olib kelib, o‘rnatdi.

Mayer Sebastian 6-avgust kuni yangi o‘rnatilgan RK-2/5 rusumli uskunani ishlash jarayonini nazorat qildi. Uskuna talab darajasida ishlayotganiga amin bo‘lganidan so‘ng Mushafning saqlanishida mas’ul bo‘lgan kishilarga uskuna ishlash jarayonidagi talablarni tushuntirib, ularga uskunani ishlatish yo‘riqnomasini topshirdi.

Germaniyalik mutaxassis Glasbau Hahn firmasi talabiga muvofiq sarkofagning xizmat qilish muddati tugagan eski RK-2 rusumli uskunasini o‘zi bilan olib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)