Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida yashovchi 25 yoshli R.S. ismli ayol 11-iyul kuni oilaviy janjal oqibatida qaynotasi, 62 yoshli F.X.ni ketmon bilan urib, unga jarohat yetkazgan.
“Natijada F.X. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S. ismli ayol ushlangan”, — deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etishlaricha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)