Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi erkak mast holatda akasini pichoqlab, unga jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
12-iyul kuni soat 12:45 larda Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani “Qangli” MFYda yashovchi 47 yoshli O.H. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi akasi 48 yoshli A.H.ning o‘ng oyoq son qismiga pichoq va ketmon dastasi bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada A.H.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.H. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)