Mudofaa vazirligida Fuqarolar qabulxonasi ish boshladi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Qabulxona Mudofaa vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, fuqarolarning sohaga oid taklif, mulohaza va muammolarini zudlik bilan o‘rganib chiqish, shuningdek, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida ochilgan.
Ochilish marosimida mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, boshqarma boshliqlari va boshqa mehmonlar ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, shu kuni general-mayor Azizbek Ikramov Xalq qabulxonasiga tashrif buyurgan fuqarolarni qabul qildi. Qabul davomida ellikka yaqin murojaatlar ko‘rib chiqilgan. Bir qator muammolar joyida bartaraf etilgan.