Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turi doirasida 31-iyul, chorshanba kuni 4 ta o‘yin o‘tkaziladi.
Kunning dastlabki o‘yinida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, “qaldirg‘ochlar” avvalgi turda “Dinamo”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. “Surxon” esa “Nasaf”ga yutqazgandi (1:3).
Olmaliqning OKMK klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar 12 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 11-o‘rinda borayotga bo‘lsa, 12-pog‘onani egallab turgan “Andijon” hisobida 12 ochko mavjud.
O‘tgan turda “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘lgan (0:1) Namanganning “Navbahor” klubi safarda “Buxoro” bilan bahsga kirishadi.
Qayd etish joiz, “lochinlar” 21 ochko jamg‘arib musobaqa jadvalida 6-o‘rinni band qilib turibdi, “Buxoro” esa 10 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” klubi bilan bellashadi. Ikkala o‘yinga ham soat 20:00 da start beriladi.
Ta’kidlash lozim, musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Qarshi klubi hisobida 24 ochko mavjud. “Metallurg” esa 17 ochko to‘plab, 9-o‘rin bilan kifoyalanib turibdi.
Coca-Cola Superligasi
15-tur bahslari
31-iyul, chorshanba
“Bunyodkor”—“Surxon” 18:00
OKMK—“Andijon” 19:00
“Buxoro”—“Navbahor” 20:00
“Nasaf”—“Metallurg” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)