May oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon so‘roqqa tutib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan Dushanbe bojxona xizmati birinchi terminalining sobiq rahbari Shahboz Rajabzodaga nisbatan hech kim jinoiy ish qo‘zg‘atmagan, deb yozadi Sputnik.
“Shahboz Rajabzoda ustidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi”, — deya iqtibos keltiradi mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Sulaymon Sultonzoda so‘zlaridan.
Eslatib o‘tamiz, bahor oyida Emomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan bo‘lgan yig‘ilishda Rajabzodani so‘roq qilib, yolg‘on gapirayotganini fosh qilgan edi.
Uning gunohi boshidagi sochidan ham ko‘pligini aytib, ishdan bo‘shash haqida ariza yozishini buyurgan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari uning hali yosh ekanini hisobga olgani, aks holda kamida 15 yilga qamalishi mumkinligi qayd etgan edi.
Izoh (0)