Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari yaqinda Belarus Respublikasiga safari davomida Polotsk davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi, bu haqda Zarnews xabar qiladi.
Institut matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur shartnomaga asosan, 2019—2020-o‘quv yilida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit”, “Logistika”, “Biznes-ma’murlashtirish” magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma dastur tashkil etildi. Mazkur yo‘nalishlarning har biriga 10 nafardan magistr o‘qishga qabul qilinadi va ular bir yil Samarqandda, bir yil Polotskda tahsil oladi.
2020—2021-o‘quv yilidan boshlab institutda “Elektron marketing”, “Logistika”, “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari (buxgalteriya hisobi)” bakalavr yo‘nalishlarida 50 nafardan talaba qabul qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, akademik tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, birgalikda ilmiy va innovatsion seminar va konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha birgalikda loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Izoh (0)