“Real” darvozaboni Tibo Kurtua jarhot oldi. Bu haqda Madrid klubining rasmiy saytida xabar berildi.
Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, Kurtuaga chap oyoq to‘pig‘idan jarohatlanishning ikkinchi darajasi tashxisi qo‘yildi. Belgiyalik darvozabonning jarohatdan qachon forig‘ bo‘lishi ma’lum emas.
Qayd etilishicha, darvozabon La Liga dastlabki turlarini o‘tkazib yuboradi. Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi 2019/20-yilgi mavsum Ispaniya chempionatining 1-turida “Selta”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 17-avgust kuni Vigo shahridagi “Balaidos” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq jamoa a’zolari Marko Asensio, Luka Yovich, Braim Dias hamda Ferlan Mendilar ham jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, Kurtua o‘tgan yilning yozida “Real” tarkibiga “Chelsi”dan 35 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning “Qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi 2024-yilning yozigacha amal qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)