Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Davlat tergov qo‘mitasi boshlig‘ining katta yordamchisi Yuliya Ivanovaning so‘zlariga ko‘ra, 27-iyul kuni Moskvada rasmiylarning ruxsatisiz bo‘lib o‘tgan noqonuniy miting va ommaviy tartibsizliklarga nisbatan Jinoyat kodeksining ommaviy tartibsizliklar haqidagi moddasining uchta qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan: tartibsizliklarni tashkillashtirish, ularda ishtirok etish va ularga chaqiriqlar haqida. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Ushbu modda uchun eng ko‘pi bilan 15 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Bundan tashqari, hokimiyat vakillariga qarshi zo‘ravonlik ishlatilganligi bo‘yicha yana uchta jinoiy ish ochilgan.
Izoh (0)