Oy Yerdan uzoqlashayotgani sababli sayyoraning aylanishi sekinlashmoqda va bu kuchli hamda davomli zilzilalarga olib kelmoqda. Bu haqda NASA mutaxassisi Metyu Fank ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mutaxassisga ko‘ra, hozirda Oy har yili Yerdan 4 santimetrga uzoqlashmoqda. Buning oqibati o‘laroq, Yer aylanishi tezligi pasayishi yanada kuchli zilzilalarga olib kelishi mumkin.
Olimlarning qayd etishicha, XX asr avvalidan beri sayyora yiliga 25 dan 30 tagacha kuchli yer tebranishini boshidan kechirgan 5 ta davr bo‘lgan. Ularning barchasida Yer aylanishi tezligi kamaygani kuzatilgan.
Izoh (0)