Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” himoyachisi Jerar Pike yana bir futbol klubi egasiga aylandi, deya xabar berdi Marca.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik “Ximnastik Manresa” klubi aksiya nazorat paketlarini sotib olgan. Qayd etilishicha, mazkur bitim klub sport direktorlar kengashi a’zolarining 80 foiz ovozi bilan ma’qullangan. Shu bilan birga Pike klub qarzlarini to‘lashda barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Himoyachi “Ximnastik Manresa”ni yanvar oyida sotib olgan “Andorra” klubi filialiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Andorra” Ispaniya chempionatining 5-divizionida to‘p suradi. Klubga 1942-yilda asos solingan. “Andorra” o‘zining eng yaxshi natijasiga 1988/89-yilgi mavsum erishgan. O‘shanda klub Segunda Bda ikkinchi o‘rinni egallagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)