Qaror bilan Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi hamda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy-axborot” Telegram-kanali ma’lum qiladi.
Ushbu muassasalarda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil qilish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tanlov o‘tkazadi.
Mazkur usulda ovqatlantirishni tashkil etish orqali tejalgan mablag‘ tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Qarorga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilidan OTMlarda umumiy kvotalar doirasida “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari oshpazlari va oshpaz yordamchilari har 3 yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishida malakasini oshiradi.
Izoh (0)