Aholi daromadlarini oshirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash va farovonligini oshirish masalalari Toshkent shahar prokurorining Mirzo Ulug‘bek tumanida joriy yilning 25-iyul kuni tashkil etilgan ommaviy (sayyor) qabullarida muhim ahamiyat kasb etdi, bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yo‘l qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qabullar davomida bu yerga tashrif buyurgan 52 nafar fuqarolar Toshkent shahar prokurori tomonidan qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi. Prokuratura tomonidan qabul qilingan murojaatlarning 9 tasi ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish, 8 tasi qurilish, 8 tasi prokuratura organlaridagi jinoyat ishlari va materiallari bo‘yicha 4 ta sud masalalari, 4 ta ichki ishlar faoliyati, 1 ta sud qarorlarini ijro etish va 18 tasi boshqa masalalarga oid murojaatlarni tashkil etdi. Qabulda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha ijro etilishi zarur bo‘lgan 5 ta yozma ko‘rsatma berildi, 15 nafar shaxsga ijtimoiy-tibbiy reabilitatsiyaga yordam berildi va 1 nafar shaxsga kredit olib berishga ko‘mak berildi.
Jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratib, ommaviy qabullar jarayonida 16 nafar shaxslarning murojaatlari joyida qanoatlantirilib, qolgan 36 ta murojaatlar shaxsan Toshkent shahar prokurori nazoratiga olindi.
Bu masalalarning barchasi alohida tekshirishni va qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazishni taqozo qiladi.
Fuqarolarni o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta’minlash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan vazifalarni izchil amalga oshirish zarurligidan kelib chiqib, ommaviy (sayyor) qabulda kelib tushgan murojaatlarni to‘laqonli ko‘rib chiqish bo‘yicha Toshkent shahar prokurori tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga zarur topshiriqlar berildi, shu jumladan uyma-uy yurib, aniqlangan muammolarni hamkorlikda bartaraf etish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish choralari belgilanib olindi.
Izoh (0)