Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, dog‘istonlik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov 40 yoshdan kichik bo‘lgan rossiyalik eng yosh va eng mashhur inson ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Newstracker

Forbes jurnali shou-biznes va sport sohasida 40 yoshdan kichik bo‘lgan insonlarning OAVdagi mashhurligi va boyligini hisoblab chiqdi.

Reytingga aralash janglar bo‘yicha dog‘istonlik chempion Habib Nurmagomedov yetakchilik qildi. Uning boyligi 11,5 million dollarga baholangan. Bir yil davomida matbuotda Habib haqida 75 ming marotaba yozilgan.

Ikkinchi o‘rinni pop-qo‘shiqchi va teleboshlovchi Olga Buzova egalladi. U yil davomida 4,4 million dollar daromad ko‘rgan va 73 ming marotaba OAVda eslab o‘tilgan.

Uchinchi o‘rinni esa xokkey yulduzi Aleksandr Ovechkin 14,5 million dollar bilan band etdi. Ovechkinning ismi OAVda 59 ming marotaba “tilga olingan”.