HushHush.com kompaniyasi “orzudagi ish” — cho‘lda tashlab ketilgan superkarlar izquvari lavozimini taklif qiladi . Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Ariza beruvchilardan 21 yoshdan katta bo‘lishi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi va istalgan vaqtda cho‘lda qoldirilgan sport va hashamatli mashinalarni izlash uchun Dubayga borishga tayyor bo‘lishi kerakligi talab qilinadi.
Superkarlarga bo‘lgan muhabbati, mashinalarning qiymatini tushunishi, shuningdek yuqori haroratga chidamliligi da’vogarning ushbu lavozimni egallash imkoniyatini oshiradi.
Ushbu lavozim egasiga yiliga 30 ming funt miqdorida ish haqi to‘lanadi, sayohat xarajatlari va transport xarajatlari qoplab beriladi. Bundan tashqari, skaut topilgan har bir avtomobilni sotish foiziga egalik qiladi.
Shariat qonunlari bankrotlik protsedurasini va kreditorlardan himoya qilishni nazarda tutmaganligi sababli, Birlashgan Arab Amirliklarining ko‘plab aholisi moliyaviy muammolarga duch kelganda, butun mol-mulklarini tashlab, mamlakatni tark etadi. Natijada, minglab dabdabali avtoulovlar egalari tomonidan cho‘lda qoldiriladi.
HushHush.com kompaniyasi hashamatli buyumlar xususan, superkarlar va yaxtalardan tortib, Florida shtatidagi xususiy orollargacha sotishga ixtisoslashgan va “Millionerlar uchun Amazon” degan nomni olgan.
Izoh (0)