Afg‘oniston g‘arbida joylashgan Bagdis viloyatida hukumat aviahujumi natijasida 50 nafar “Tolibon” jangarilari, shu jumladan ularning qo‘mondoni yo‘q qilindi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, razvedka ma’lumoti asosida harakatlangan xavfsizlik kuchlari “Tolibon” jangarilari yig‘ilgan punktga aviazarba bergan. Natijada oddiy jangarilardan tashqari ularning qo‘mondoni Sayid Shox ham o‘ldirilgan.
Ta’kidlanishicha, hududdagi jangarilarga aviahujum uyushtirish davom ettiriladi.
Izoh (0)