Dog‘istonning Kaytag tumanida ichida o‘qotar quroldan otib o‘ldirilgan erkak jasadi bo‘lgan ag‘darilgan avtomobil topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tumanning Xungiya qishlog‘i fuqarosi politsiya bo‘limiga aybini tan olib kelgan va yuzaga kelgan mojaro tufayli tanishini otib qo‘yganini bildirgan. U o‘q uzilgan qurolni politsiyaga topshirgan.
Biroq, tezkor tadbirlar davomida jabrdiyda olgan jarohatlari oqibatida o‘sha zahoti o‘lmagani, balki avtomobili ruliga o‘tirgani va yo‘lda joni uzilgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bois uning mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)