• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Abdusalom Azizov: “Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o‘zgartirishni to‘xtatamiz”

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov tashkilot rahbariyati, boshqarma hamda bo‘limlar rahbarlari ishtirokida o‘zbek futbolidagi mavjud muammolar hamda tashkilotning yaqin kelajakdagi rejalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar qilindi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Ta’kidlanishicha, tashkilot rahbari tomonidan dastlab viloyat futbol assotsiatsiyalari tizimidagi muammolarni bartaraf etish choralari, assotsiatsiyalarni moddiy qo‘llab-quvatlash, kadrlar malakasini ko‘rib chiqish, mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda viloyatlarda futbolni rivojlantirish borasida ko‘rsatmalar berilgan.

    Yangi prezident tomonidan terma jamoalarning ish rejalari bilan tanishish chog‘ida “Milliy” stadion maydoni hali talab darajasida emasligi va yil oxirigacha ushbu stadion chimini tartibga keltirish vazifasi qo‘yilgan. Unga qadar terma jamoalar boshqa stadionlarda ham uchrashuvlar o‘tkazishi ta’kidlangan.

    Bir vaqtning o‘zida Davlat xavfsizlik xizmati raisi bo‘lgan Abdusalom Azizov kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, bu nopok yo‘l bilan o‘zbek futbolini orqaga tortayotganlar, muxlislarning qiziqishini so‘ndirayotganlar aniqlanishi va tegishli jazoga tortilishini qayd etgan.

    Abdusalom Azizov bolalar futbolidagi ahvolni yaxshilash, ular uchun muntazam musobaqalar tashkil etish, o‘smir va yoshlarning professional futbolga o‘tish jarayonidagi muammolar, ularning professional futbolchi sifatida shakllanishi, milliy terma jamoaga munosib futbolchi bo‘lib yetishishida to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi aytib o‘tgan.

    U, shuningdek, milliy chempionatdagi tartib-intizomni kuchaytirish zarurligini ham alohida ta’kidlagan:

    Hozirda jamoalarda murabbiy va futbolchilar shartnomalari borasida noaniqliklar uchrab turishidan xabarim bor. Qisqa muddatli shartnomalar o‘rnini ikki tomonning majburiyatlari to‘liq aks etgan professional shartnomalar egallashi kerak. Shunda murabbiylar ham ma’lum muddat o‘z jamoasi bilan ishlab, uni kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Futbolchilar ham bir yil o‘tar-o‘tmasdan o‘ziga boshqa klub qidirishga tushmaydi. Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o‘zgartirishni to‘xtatamiz. Keyingi mavsumda ham jamoalar soni shunchaligicha qoladi va Superligaga chiqadigan jamoa sport prinsiplari asosda kurashib yo‘llanmaga ega chiqsin. Turli aralashuvlar orqali jamoalarni yuqori ligalarga olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Abdusalom Azizov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    24.07.2019, 14:21   Izoh (0)   14939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Inter” Mauro Ikardiga o‘rinbosar topdi

    20.07.2019, 22:27

    “Barselona”ga “Yuventus” hujumchisi kerak

    20.07.2019, 21:41

    Afrika Millatlar Kubogi—2019 ning eng yaxshi to‘purari terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

    20.07.2019, 20:25

    Braziliya terma jamoasi hujumchisi vatanidagi muhtojlarga 6,4 tonna miqdoridagi mahsulotlarni xayriya qildi

    20.07.2019, 19:43

    Zlatan Ibragimovich: Meni Vela bilan solishtirib, o‘ta katta xatoga yo‘l qo‘ydingiz

    20.07.2019, 18:27

    Zidan: Pogbaning transferi? “Real”ning rejalari bor

    20.07.2019, 17:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.