2019-yil 17-iyul kuni AQShning Kenfild shahrida (Ogayo shtati) yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.N. halok bo‘ldi. Bu haqda Nyu-Yorkdagi bosh konsulxona ma’lum qildi.
Bosh konsulxona marhumning jasadini vatanga jo‘natishda yaqinlariga yordam berish uchun mahalliy hokimiyat idoralari taqdim etgan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi. Boshqa zarur jarayonlar ham amalga oshirildi.