2019-yilning 19-iyul kuni Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi uy tomida O‘zbekiston fuqarosi U.A.ning jasadi topilgan. Bu haqda Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. Politsiya o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish va marhumning jasadini vatanga yuborishda yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.