Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev kelayotgan haftada Rossiyaga uchishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Sobiq davlat rahbari o‘z rejasi haqida gapirgan video mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. Atambayev “xalq shtabi” deb nom olgan shtab joylashgan Qo‘y-Toshdagi uyidan chiqib, jurnalistlarning savollariga javob bergan.

Atambayevning aytishicha, u avval rejalashtirganidek, bir-ikki kunlik safarda bo‘ladi.

“Mening uchishimni hamma ham xohlayotgani yo‘q. Lekin o‘ylaymanki, hammasi joyida bo‘ladi, men shuni bilamanki, meni taklif etayotgan odamlar u yoqqa uchishim va qaytishim normal kechishini tashkillashtirib beradi”, — deb aytgan Atambayev.

“Avvalroq, 15-iyul kuni, Atambayev agar buning imkoni bo‘lsa mamlakatni faqat ikki kunga tark etishini ma’lum qilib, Qirg‘izistonni bir umrga tark etishni rejalashtirmaganini ham qo‘shimcha qilgandi. O‘shanda OAVda Atambayev Rossiyaga Yevrosiyo banki boshqaruv raisi Andrey Belyaninovning taklifiga binoan borishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi”,— deb yoziladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin