Rossiyalik ko‘zi ojiz pianinochi Danila Bolshakov Fin ko‘rfazi qirg‘og‘ida yonib turgan pianinoni chaldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Sozanda Maks Rixterning H In New England kompozitsiyasini ijro etdi.

Pianino kompozitsiya boshlanishida yoqib yuborildi. U Bolshakov asarni ijro etib bo‘lgach yonib bitdi.