Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik milliarder, yirik IT-biznesmen va dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq — Facebook’ning asoschisi Mark Sukerberg Rossiyaning Kaliningrad viloyatini sotib olib, u yerda noyob ilmiy davlat qurish taklifini bildirdi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Kaliningrad — Rossiyaning boshqa hududlaridan ajralib turgan va Yevropaning markazida joylashgan viloyat hisoblanadi.

Sukerberg bu kabi taklifni Dehlida Hindiston texnologiya universiteti talabalari oldida qilgan chiqishi vaqtida bildirgan. Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, u ilm-fanning kelajagiga, yaqin vaqtlar ichida barcha kasalliklarning davosi topilishiga ishonadi.

Sukerbergning aytishicha, hozirda uning xodimlari sun’iy intellekt, abadiy hayot vaksinalari va Marsni zabt etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek uning ta’kidlashicha, Kaliningrad butun dunyoga ertakchi Amadey Gofman, fizik Rudolf Poze, matematik Karl Neyman va faylasuf Immanuel Kant kabi insonlarni sovg‘a qilgani bilan ahamiyatli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)