Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

16-iyul kuni O‘zbekistonning Ekologiya partiyasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar ahvolini baholash uchun Urungachga ekspertlar guruhini yo‘lladi. Bu haqda Qo‘mita axborot xizmati xabar qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning xabar berishicha, hozirda Ekologiya partiyasi tomonidan Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar himoyasi, shuningdek, bu hududlarni O‘zbekistonning ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etishga yo‘naltirilgan qonun loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritishga doir ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Nefrit ko‘llarini ifloslanishdan himoyalash va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlatda yer qimirlashi yuz berdi (video)
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi