• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalistlar O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan batafsil tanishdi

    UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi yetakchi OAV xodimlari uchun avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda Asaka avtomobil zavodiga press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida jurnalistlar avtomobil ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.

    OAV xodimlari dastlab avtomobillar uchun quyma-kavsharli detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan UzSungwoo MChJ korxonasiga tashrif buyurdi.

    Korxonada Cobalt, Gentra, Nexia 3 va Damas avtomobillari uchun butlovchi detallar ishlab chiqariladi. Shuningdek, Rossiyaga eksport qilinadigan Gazel Next rusumidagi uchun detallar ishlab chiqarish ham o‘zlashtirildi.Joriy yil oxiriga borib “PSMA Rus” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bazasida ishlab chiqariladigan Peugeot Expert, Citroën Jumpy, Citroën Berlingo va Peugeot Partner avtomobillari uchun 52 nomdagi quyma detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

    Keyingi manzil xavfsiz avtomobil oynalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Avtooyna” MChJ korxonasi bo‘ldi.

    Korxona GM Uzbekistan, “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK, “SamAvto” MChJ, Artel “Eko elektron”, “TTZ” MChJ uchun konveyer butlovchi detallarini birlamchi bozorga ishlab chiqaradi.

    Ta’kidlash joizki, hozirda avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlarda “Avtooyna” brendi yopishtirilgan qalbaki mahsulotlar ham uchraydi. Ular sifatsiz va belgilangan talablarga javob bermaydi, bu esa brend obro‘sini tushirmoqda. “Xaridor haqiqiy mahsulot va qalbakisini qanday ajratishi mumkin?” degan savolga korxona vakili quyidagicha javob berdi:

    “Cobalt old oynasiga talab bo‘yicha qoraytirilgan chiziq tushirish mumkin emas, qalbaki mahsulotlarda ana shunday chiziq bor. Bundan tashqari, biz oynaga orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oynakni yopishtirish uchun toshni ham o‘rnatib chiqaramiz. Qalbaki mahsulotlarda esa bu tosh yo‘q. Xaridor oynaga o‘zi yopishtirishga majbur bo‘ladi, u vaqt o‘tib tushib ketadi. Albatta, narxida ham farq bor, qalbaki mahsulot tabiiyki arzonroq”.

    Avtomobil egalariga e’tiborli bo‘lishni va ehtiyoj bo‘lganida faqat “Avtooyna” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni xarid qilishni tavsiya qilamiz!

    Shundan so‘ng jurnalistlar “UzChasys” MChJ korxonasiga yo‘l oldi.

    “UzChasys” MChJ Chevrolet Nexia, Matiz, Spark, Cobalt va Lacetti modellari uchun polimer materiallaridan avtomobil faralari va fonarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, korxona Lada avtomobillari uchun faralar ishlab chiqaradi va “AvtoVAZ” IChAJ (Rossiya Federatsiyasi)ga eksport qiladi.

    Koreya (LS, Hankook), Germaniya (OC Erlicon) va Yaponiya (Meiki, Yaskawa)ning yetakchi ishlab chiqaruvchilarida tayyorlangan zamonaviy va yuksak texnologik jihozlar bilan ta’minlangan korxona noyob va Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q hisoblanadi.

    Korxonadagi ishlab chiqarish-texnologik jarayon 90 foizga avtomatlashtirilgan va robototexnika bilan jihozlangan. Uning faxri MDH hududida noyob bo‘lgan “Meiki” yuksak texnologik termoplast-avtomati sanaladi, u bir vaqtning o‘zida uch rangda quyma quyish imkonini beradi. Shuningdek, zavodning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zamonaviy suv bilan sovutish tizimi o‘rnatilgan.

    Kunduz payti avtomobillar farasini yoqib yurish amaliyoti joriy qilinganidan so‘ng ko‘plab yong‘inlar kuzatildi. Ta’kidlash joizki, yong‘in sabablari o‘rganilganida yonib ketgan faralardan birontasi ham “UzChasys” MChJ tomonidan ishlab chiqarilmagani aniqlangan.

    “Yonib ketgan faralar tadbirkorlar tomonidan xorijdan keltirilib sotilayotgan, talabga javob bermaydigan faralar ekanligi aniqlandi. Ular hech qanday laboratoriya tekshiruvidan o‘tmagan. Shuning uchun ham ularning narxi arzon hisoblanadi. Bunday faralar sifatsiz xomashyodan tayyorlanadi, ularni tayyorlashda sifatsiz ehtiyot qismlar qo‘llaniladi. Bizda ishlab chiqarilgan faralar jahon standartlariga to‘liq javob beradi, ular 32 xil test jarayonidan o‘tkaziladi. Bunda faralarning issiqqa, sovuqqa, shamol va vibratsiyaga ta’siri o‘rganiladi. Faralar to‘xtovsiz yonib turganida 150-200 daraja issiqqa dosh bera oladi”, — korxona rahbari Farruh Saidahmedov.

    Keyingi manzil — butlovchi qismlar va detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Uz-Dong Won” AJ qo‘shma korxonasi bo‘ldi.

    Korxonaning asosiy faoliyati Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun glushitellar, zarbaga qarshi eshik to‘sinlari va kuzov detallarini ishlab chiqarishdan iborat.

    Korxona Daewoo korporatsiyasi va “Dong Won Metal” kompaniyasi yetkazib bergan texnologik jihozlar bilan ta’minlangan.

    “Uz-Dong Won” QKda quvurlarni kesish, bukish, uchlariga shakl berish bo‘yicha ishlab chiqarish liniyalari o‘rnatilgan.

    Glushitellar, gaz tashlamalar quvurlari va zarbaga qarshi eshik to‘sinlarini kavsharlama yig‘ish liniyalari mavjud, bundan tashqari, korxonada 11 turdagi sport inventari va 22 turdagi xalq iste’moli tovarlari (jumladan, mebel, sut va sabzavot mahsulotlari) ishlab chiqariladi.

    Bugungi kunda korxona “Gruppa GAZ” UK (Rossiya Federatsiyasi) uchun 21 nomdagi butlovchi qismlar yetkazib berish borasida faol hamkorlikni olib bormoqda.Ishlab chiqarish quvvati: yiliga 237 000 ta komplekt.

    Jurnalistlar tashrif buyurgan keyingi manzil “UzKoje” QK avtomobillar uchun elektr jgutlar ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.

    Korxona avtomobil elektr simlari, to‘qimachilik mashinalari uchun jgutlar, ventilyatsiya, isitish va sovutish buyumlari uchun simlar ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, yuksak texnologik laboratoriya va zamonaviy sinov-texnik jihozlari bilan ta’minlangan.Mahsulotning keng diapazoni, sifat va raqobatbardosh narxlar korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar uchun avtomobil va boshqa sanoat tarmoqlarida talabgir bo‘lish imkonini yaratmoqda.

    Elektr simlar haroratning keskin o‘zgarishiga chidamlidir, bu nafaqat qizish, balki -40º C gacha sovib ketish hamdir. QKda mahalliy avtomobillar uchun elektr simlar jgutlarini tayyorlashning moslashuvchan texnologiyasini o‘zlashtirib oldilar.

    Butlovchi qismlar – ular turfa xarakteristikaga ega yuzlab turdagi simlar, shuningdek jami 1000 tacha nusxadagi umumiy nomenklaturadagi boshqa materiallarni korxona Janubiy Koreyadan oladi.

    Avtomobillarning xafsizligini mustakamlash uchun elektr simlar ishlab chiqarishda harorat, moy va benzin ta’siriga chidamli materiallardan foydalaniladi. Bundan tashqari, o‘zidan-o‘zi alangalanish holatida simlarning o‘zi o‘chishiga xizmat qiluvchi maxsus kimyoviy tarkiblar qo‘llaniladi.

    Hukumatning joriy yildagi 292-sonli qaroriga asosan avtomobillar kunduz kuni faralarini yoqib yurish majburligi va havo isib ketishi natijasida bir nechta avtomobillarning fara simlari yuklanmaga bardosh bera olmay, yonib ketish sabablari haqida korxona rahbariyatidan izoh so‘raldi. Ularning aytishicha, simlar va jgutlar yonmaydigan polimer materiallardan tayyorlangan va tayyor mahsulot talablarga qattiq rioya qilingan laboratoriya tekshiruvidan o‘tib, avtomobillarga o‘rnatish uchun zavodlarga yuboriladi. Yong‘in kelib chiqishiga avtoulovlarning simlariga ko‘chadagi ustalar tomonidan qo‘lbola uskuna va simlarlar o‘rnatilishi sabab qilib ko‘rsatildi.

    Xulosa o‘rnida

    Yaqin yillargacha oddiy fuqaro avtosalondan mashina xarid qilish uchun kimlargadir “shapka” to‘lashi kerak edi. Yoki salondan mashina olganida biror nuqson ko‘zga tashlanar va  avtoservisga borib mashinani tuzattirish holatlari ham uchrab turardi. Bugun ayni muammolar UzAuto rahbariyati tomonidan bartaraf etilayotgani ko‘zga tashlanmoqda.

    “Shapka” tizimi butunlay bekor qilindi. Xaridor avtomobilni oldingiday bir necha oylab kutmayapti. Ayrim avtomobillarni 45 daqiqada xarid qilish mumkin. To‘lovni Payme orqali amalga oshirish ham mumkin: avtomobilga pul to‘lanadi va u xaridorning uyiga yetkazib beriladi.

    Kompaniya 2019-yilda ISO 37001 Korrupsiyaga qarshi tizim sertifikatini olgan. Bu esa tizimdagi firibgarliklarning bartaraf etilishi   e’tirof etilayotganini bildiradi.

    Qayd etilishicha, kelgusida xorijiy davlatlar singari Trade-in dasturi ham amalga oshiriladi. Ya’ni minilgan mashinani yangisiga bemalol almashtirish imkoni yaratiladi.

    Yil oxiriga qadar yangi ranglardagi avtomobillar xaridorlar e’tiboriga havola etiladi.

    Umuman olganda, kompaniyaning o‘z faoliyatida xaridorlar manfaatini ko‘zlab o‘zgarishlar qilayotgani tahsinga sazovor.

    12.07.2019, 18:00   Izoh (0)   53303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sinoptiklar haroratning haqiqiy ko‘rsatkichlarini yashiradimi? “O‘zgidromet” havo harorati qanday o‘lchanishini tushuntirdi

    12.07.2019, 17:57

    IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

    12.07.2019, 17:44

    O‘zbekistonda birja savdolarida 77,8 million so‘mlik qimmatbaho metall sotildi

    12.07.2019, 17:29

    Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi: “Yashirin iqtisodiyot”da valyuta qora bozorining o‘rni juda katta

    12.07.2019, 17:18

    “Ko‘kaldosh”da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bepul kurslar tashkil etildi

    12.07.2019, 17:06

    Namanganda qarzdorga tegishli mol-mulk xatlangach 1 mlrd so‘mdan ortiq qarz to‘lab berildi

    12.07.2019, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.