2019-yilning 10-iyul kuni soat 06:51 da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Shakarteri” MFY, Shovkan qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘ldan harakatlanib ketayotgan “KamAZ” rusumli yuk avtomobili tirkamasida somon yonayotganligi haqida tuman YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qiladi.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan va yong‘indan yuk avtomobili hamda unga ortilgan 400 dona somon g‘arami (press) asrab qolingan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining yetib kelguniga qadar yong‘inni o‘chirishga uringan ikki yo‘lovchilardan biri fuqaro Sh.E. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan, ikkinchi fuqaro N.Z. esa tirkamadan bosh qismi bilan yerga yiqilib, joyida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Yong‘inning taxminiy kelib chiqish sababi yuk avtomobili va tirkamasiga ortilgan somon presslarining ustki qismi elektr simyog‘ochning simlariga tegishidan hosil bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)