2019-yil 5-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi 31 yoshli E.B. Surnaytepa qishlog‘idagi zovur oldida o‘zaro janjal tufayli hamqishloqlari 27 yoshli M.K. va uning 25 yoshli ukasini o‘roq bilan jarohatlagan. Natijada aka-ukalar kasalxonaga yotqizilib, E.B. qo‘lga olingan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)