Yaqinda, ya’ni 29-iyundan 6-iyulgacha Polshada bo‘lib o‘tgan “Zolotaya lodka” xalqaro tanlovida qoraqalpog‘istonlik Dinara Nuratdinova bosh sovrin – gran-prini qo‘lga kiritdi, bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qiladi.
Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Rossiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning san’at ustalari ishtirok etgan mazkur nufuzli tanlovda Dinara Nuratdinova baxshichilik yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyish etib, tomoshabinlarning hamda hay’at a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
“Nukus pedagogika institutida tahsil olish bilan birga ajdodlarimiz merosi bo‘lgan baxshichilik san’ati sir-asrorlarini ham o‘rganmoqdaman. Xalqaro tanlovda yuksak darajada e’tirof etilganimdan cheksiz xursandman. Bu, Prezidentning yoshlarga yaratib bergan keng imkoniyatlari samarasidir, albatta”, — deydi D.Nuratdinova.
Izoh (0)