Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Xonanda Jahongir Otajonov Jahongir Poziljonov bilan o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi.
‘Jahongir Poziljonovning ashula aytishi meni kinoda o‘ynashim bilan barobar’, deganman. Men xonandaman, lekin u yaxshi aktyor. Shunday deganimdan so‘ng o‘sha paytda “Huvaydo” to‘yxonasida uchrashib qolganmiz, hech narsa demagan, qo‘l ushlashib, yaxshi gaplashganmiz. Undan keyin qancha loyihalar bo‘ldi. Hammasiga taklif qildi. Uni inson sifatida hurmat qilaman.Yaqinda Jahongir Poziljonov ‘Xontaxta’ ko‘rsatuviga chaqirdi, men 500 AQSh dollarga chiroyli kiyim oldim. Ko‘plab muxlislar ‘boshqa kiyiming yo‘qmi, kiyimingni almashtir, chirib ketibdi’, deganidan so‘ng, yangi kiyimlar ham oldim.
Zo‘r TV’ga borsam eshikdan qo‘yishmadi. Bir melitsioner ‘mashinangni mana bu yerga qo‘yib kirasan’, dedi. Nimaga desam, ‘Shuhrat aka kirgizmanglar dedi’ degan gap qildi. Mayli, deb orqamga qaytib ketdim. O‘zlari chaqirib o‘zlari kiritishmadi.
Jahongir ular bilan urushib qolgan ekan. San’atkorlarga ham achinaman, o‘zining qadrini bilmaydi. Og‘zi bir bo‘linglar, bir yil bormanglar o‘sha televideniyega. Ikki oy borma, o‘zlari pul berib chaqirmasa, “otim”ni boshqa qo‘yaman.
Jahongir Otajonov, xonanda