Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand viloyatida 3-iyul kuni 9 yoshli bola it tishlashidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Uz24.

Foto: Uz24

Foto: Uz24

SSVning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Respublika davlat sanitariya epidemiologiya markazi hodisa yuzasidan epidemilogik surishtiruv ishlarini olib borgan.

Aniqlanishicha, 4-iyun kuni Samarqand tuman, “Ravanak” mahallasida yashovchi 2010-yilda tug‘ilgan K.M.ni oq rangli kichkina it uyi oldida o‘ng qo‘l bilak sohasini yuzaki tirnab, tan jarohati yetkazgan. Bundan xabar topgan bemorning onasi unga zudlik bilan mahalliy usulda xo‘jalik kir sovuni bilan jarohat joyini yuvib, tibbiyot etil spirti yordamida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Ammo profilaktika maqsadida tez tibbiy yordamga yoki hududga yaqin bo‘lgan davolash muassasasiga murojaat etmagan. Oqibatda oradan 23 kun o‘tib bolada tana harorati ko‘tarilishi, qayt qilish, suv ichganda yutina olmaslik, tez-tez sovuq qotish hamda kuchli diareya belgilari kuzatilgan. Bu alomatlar yanada zo‘rayib, bemor ahvoli og‘irlashib qolgan.

Samarqand tuman markaziy poliklinikasi infeksionisti tomonidan 29-iyun kuni o‘tkazilgan tekshiruvda unda quturish belgilari aniqlangan va u zudlik bilan viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga yuborilgan va noma’lum itdan jarohat olganligi sabab quturish kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar barcha zarur davo choralarini qo‘llaganiga qaramay, bola shifoxonada vafot etgan.

Respublika davlat sanitariya epidemiologiya markazi tomonidan “Ravanak” mahallasida olib borilgan epidemilogik surishtiruv natijalarida hudud aholisi va hayvonlar o‘rtasida kasallik belgilari aniqlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar