Samarqandda o‘tgan bir oy mobaynida 65 ta maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilib, 4000 ga yaqin bolalar bog‘chalarga qamrab olindi, bu haqda Zarnews xabar qiladi.
Jumladan:
— 1270 o‘rinli 14 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi;
— 775 o‘rinli 11 ta xususiy (nodavlat) maktabgacha ta’lim muassasasi;
— 1225 o‘rinli 9 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi;
— 775 o‘rinli 31 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etildi.
Izoh (0)