O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2019/20-yilgi o‘quv yilidan boshlab qishki sport turlariga ixtisoslashtirilgan kafedra tashkil etiladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yangi o‘quv yilidan mazkur sport turining (xokkey) yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Bakalavr bitiruvchilari quyidagi faoliyatni olib borishi mumkin:
- Xokkey murabbiyi
- Ushbu sport turiga oid bilimlarga ega o‘qituvchi
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi sport turiga hujjatlarni qabul qilish kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 15-iyulga qadar, sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha esa 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.
Qishki sport turlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishni xohlovchilar uchun “Ikki tomonlama diplom” dasturi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. “1+3” loyihasi bo‘yicha bakalavrga qabul qilinga talabalar 3 yil O‘zbekistonda, 1 yil esa Belarusda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada, bitiruvchilar xokkey bo‘yicha ikki davlat diplomiga ega bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)