“Real” hujumchisi Raul de Tomas faoliyatini “Benfika”da davom ettiradi. Bu haqda Portugaliya klubining rasmiy saytida xabar berildi.
“Burgutlar” 24 yoshli hujumchi uchun 20 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.
Ispaniyalik futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, hujumchining tovon puli 100 million yevro etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, de Tomas so‘nggi 2 mavsumni “Rayo Valyekano”da ijara asosida o‘tkazdi. U ortda qolgan mavsum La Ligada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)