• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda erini pichoqlagan kelinchakka oqlov hukmi chiqarildi

    Dastlabki tergov organi tomonidan e’lon qilingan ayblovga ko‘ra, Z.R. 2018-yil 10-fevral kuni soat 2200 larda, ota-onasining xonadonida, ya’ni Sergeli tumani ... uyda, turmush o‘rtog‘i R.A. va otasi T.B. o‘rtasida kelib chiqqan janjal vaqtida R.A.ga qasddan tan jarohati yetkazish maqsadida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining qorin qismiga urib og‘ir tan jarohati yetkazganlikda ayblangan, deyiladi Oliy sud xabarida. Hikoya tarzida berilgan tafsilotlarni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: Oliy sud

    Foto: Oliy sud

    Er-xotin urushi, doka ro‘mol qurishi, deydi xalqimiz. Oila bo‘lgandan keyin katta-kichik janjallar bo‘lib turishi tabiiy. Zamira turmush o‘rtog‘i Arslon (ism-shariflar o‘zgartirilgan) bilan bor-yo‘g‘i 7 oy birga yashadi.

    Bu  oilada ham ba’zan tushunmovchiliklar bo‘lib turardi.

    O‘sha kuni Arslon kechqurun uyiga mast holda kirib keldi.

    – Qatlarda yuribsiz, nega kech keldingiz? – so‘radi kelinchak.

    Bu so‘roq kuyovto‘raga yoqmadi. Oqibatda janjal chiqdi.

    Arslon xotinini urdi, bo‘yniga qaychi tirab uni o‘ldirish bilan qo‘rqitdi.

    Kelinchak eriga qarshilik  ko‘rsatdi, qaychini olaman deganida barmog‘i va kafti kesilib ketdi. Qon oqa boshladi.

    Arslon jahl bilan qo‘lini musht qilgan holda devorga urdi.

    – Vaa-a-ah, – deb baqirdi.

    Zamira uyiga ketamanga tushdi, “yashamayman, sendaqa zo‘ravon bilan!” Bu tortishuvni eshitgan Arslonning otasi Alisher aka murosa qilib ko‘rdi, bo‘lmagach kelinini tunda uyiga olib borib qo‘ydi...

    Ertasi kuni ertalab Arslon Zamiraning onasiga qo‘ng‘iroq qildi.

    – Uzr, kechagi ishim uchun, oyi, Zamiraga ayting, uni bugun uyga olib ketaman, –  deb tayinladi.

    Kelishilganidek, Arslon kechqurun Zamirani uyiga bordi.

    U shirakayf edi.

    Kuyov qaynotasi Mo‘min akaning uyida ovqatlandi. Ko‘chaga chiqib  salqin ichimliklar olib keldi.

    Zamira to‘ylarida uylarini bezatib bergan tanishi Nodir bilan telefonda gaplashib, uni kutib olish kerakligini otasiga aytdi.

    Shu payt Arslon uni rashk qilib,

    – Nega Nodir bilan gaplashyapsan? –  deb to‘ng‘illadi.

    O‘zicha ko‘chaga chiqib keta boshladi.

    – Nima bo‘layapti o‘zi?–  so‘radi qaynotasi.

    Shunda kuyovi:

    – Erkakmisiz, nima uchun xotinim begona yigit bilan gaplashadi? –  deb baqirdi.

    Arslon jahl bilan Zamiraning  yuziga urdi.

    Mo‘min aka kuyovning qo‘lidan tortdi.

    – Nega qizimni urayapsan?

    Mast kuyov qaynotasini ham ayab o‘tirmadi. Unga ham qo‘l ko‘tardi.

    Kuyov janjalning oldini olish uchun qarshilik ko‘rsatgan qaynsinglisi Lolani itarib yubordi, u yerga yiqilib boshi sandiqqa tegdi.

    –  Singlimga nega qo‘l ko‘tarasiz? – jon holatda baqirdi Zamira.

    Arslon jahl otiga mindi. Tilidan yomon so‘zlar uchdi:

    – Uch taloq qo‘ydim, –  deb yubordi. Va xotinini yuziga yana tarsaki urdi.

    Bu janjalga oshxonada kuymalanayotgan qaynonasi Robiya opa ham qo‘shildi.

    –  Kuyov o‘zingizni bosing! –  deya uni tinchlantirish uchun bolalar xonasiga olib kirdi.

    To‘polonchi kuyov shunda ham tinchlanmadi.

    Arslon xonada turgan shkafning oynasini qo‘li bilan urib sindirdi, natijada qo‘li kesilib qonab ketdi.

    Ona baribir ona-da. Robiya opa kuyovini oshxonaga olib bordi.Uni tinchlantirishga, qonni to‘xtatishga harakat qildi.

    Bu vaqtda kelinchak qaynotasi Alisher akaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li ularning uyiga kelib janjal qilayotganini aytdi.

    Qaynota ham kelishgan ekan, “men aralashmayman”, deb qutuldi. (Arslonning onasi bu payt Turkiyada edi)

    Shu on Zamira oshxonada onasining qattiq chinqirig‘ini eshitib, yugurib kirdi.

    Ering  qorniga pichoq tiqib oldi...

    Kelinchak turgan joyida bir on karaxt turdi. Nima qilishni bilmadi. Tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi, ammo tusha olmadi. Otasini yordamga chaqirdi.

    Bu  payt uyga bezakchi Nodir kelib qoldi.

    Mo‘min aka va Robiya opa, Zamira, Nodir birgalikda qo‘shnining mashinasida kuyov bolani kasalxonaga olib borishdi.

    Yo‘lda kuyovto‘ra kelinchakka “buni hech kim bilmasin, agar onam bilsa bizlarni ajrashtirib yuboradi. Zilola, men seni sevaman va sensiz yashay olmayman”, deb qayta-qayta takrorladi.

    Shifoxonada vrachlar Arslonni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida, qarshilik qildi, yaxshi muomalada bo‘lmadi. “Men yaxshiman”, deya ko‘chaga chiqib keta boshladi.

    Vrachlar bemor zudlik bilan operatsiya qilishmasa, natijasi yomon bo‘lishini aytishdi. Ammo Arslon unamayotgan edi.

    Zamira erining yo‘lini to‘sdi.

    – Agar meni sevsangiz ortga qaytib shifokorlar gapiga kirasiz, agar yo‘q desangiz, men hoziroq ko‘chaga chiqib o‘zimni avtomashina tagiga tashlayman...

    Arslon ko‘nmasdan iloji yo‘q edi.

    – Xo‘p, yur, ichkariga kiramiz, shifokor aytganini qilaman, faqat sen mening yonimdan jilmaysan, –  dedi.

    Arslon Zamirani  qo‘lidan mahkam ushlab oldi.

    Navbatchi shifokor bunga qarshilik qilmadi.

    Vrachlar bemorni operatsiyaga tayyorlashdi.

    Zamira onasi bilan kasalxonada eri operatsiyadan chiqqunga qadar o‘tirdi.

    Tungi soat ikkilardan so‘nggina uyga qaytdi.

    Ertasiga ertalab yana kasalxonaga borib, Arslonning holidan xabar olishdi.

    Bu orada kuyovto‘raning yaqin qarindoshlari ham kelib, xabar olib turishdi.

    Arslonning onasi Komila opa oradan uch kun o‘tib, Turkiyadan uchib keldi. U voqeani bilgach, “senlar o‘g‘limni shu kuyga solgansanlar”, deb janjal ko‘tardi.

    Oradan yana bir necha kun o‘tib, Arslon Botirov onasining gapiga kirib, “turmush o‘rtog‘im Z.Botirova qornimga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazdi” deb ichki ishlar bo‘limiga ariza yozdi.

    Ish tergovga chiqdi, undan so‘ng sudga oshirildi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudi ushbu ishni har tomonlama muhokama qilib, qonuniy baho berdi.

    Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlardan kelib chiqib jabrlanuvchi A.Botirov sud tergovi davrida har xil ko‘rsatmalar berib, dastlab unga Z.Botirova pichoq bilan tan jarohatini yetkazgani, so‘ngra u o‘ziga o‘zi pichoq bilan tan jarohati yetkazgani haqida bergan ko‘rsatmalarini jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan barcha dalillar majmui bilan solishtirib, natijasini qat’iy o‘rganib, batafsil muhokama qilib, Z.Botirova A.Botirovga nisbatan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatini sodir qilmagan va jinoiy hodisa yuz bermagan, deb topdi.

    “Z.Botirova O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilsin hamda ish qo‘zg‘atilgan, tergov va sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli oqlansin...”

    Z.Botirovaga reabilitatsiya qilinishi munosabati bilan unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini JPKning 304-312-moddalarida nazarda tutilgan tartibda da’vo talabi bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

    01.07.2019, 21:56   Izoh (0)   74774
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    1-iyuldan avtotransportdagi videoregistratorlarda qayd etilgan huquqbuzarlik videoyozuvlarini qabul qilish sinov tariqasida boshlandi

    01.07.2019, 21:30

    Xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz, eng chiroyli millat deb topilgan ukrainlar, Jizzaxda pichoqlangan shifokor va kunning boshqa xabarla...

    01.07.2019, 21:17

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga yangi boshliq tayinlandi

    01.07.2019, 20:51

    Bosh prokuratura murojaatiga ko‘ra bog‘chalardagi onlayn navbatlarni tekshirish boshlandi

    01.07.2019, 20:38

    O‘zbekistonda kanalizatsiya va relyef maydonlarga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish xavfi yuqori 14 mingga yaqin korxona mavjud

    01.07.2019, 20:30

    Surxondaryoda MIB xodimi daryoda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

    01.07.2019, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eldor Shomurodovga AQSH chempionatidan jiddiy taklif bor

    Sport | 16 iyun, 09:05

    Erondagi O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 09:05

    “Chaqmoq Makvin” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 15 qiziqarli fakt

    Layfstayl | 16 iyun, 08:57

    Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdori pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 08:50

    Eronda Isroil uchun dron va bombalar yasagan maxfiy ustaxona topildi (video)

    Dunyo | 16 iyun, 08:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.