Futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining guruhlarida 26-iyun, payshanba kuni 2-tur bahslariga start berildi.
Turning dastlabki o‘yinida “B” guruhidan o‘rin olgan bahsda Nigeriya terma jamoasi Gvineyaga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvdagi yagona golga nigeriyalik himoyachi Kennet Omeruo 73-daqiqada mualliflik qildi (1:0).
Shu tariqa Nigeriya musobaqaning 2-turida Gvineyadan ustun keldi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng nigeriyaliklar “B” guruhida 6 ochko jamg‘arib, yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Gvineya esa 1 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Shu kuni Misr termasi Kongo terma jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Bellashuv davomida Ahmad al-Muhammadi (25) hamda Muhammad Saloh (43) tomonidan kiritilgan gollar misrliklarning ishonchli g‘alabasini ta’minladi (2:0).
O‘yin yakuniga ko‘ra Misr terma jamoasi 6 ochko to‘plab, “A” guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, so‘nggi o‘rinda borayotgan Kongo hisobida esa ochko mavjud emas.
Uganda terma jamoasi Zimbabve termasi bilan o‘ynadi.
To‘qnashuvning 12-daqiqasida uagndalik hujumchi Emmanuel Okvi hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqaga kelib zimbabvelik yarim himoyachi Kxama Billiat hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa Uganda Zimbabve bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Mazkur turdan so‘ng Uganda termasi 4 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Zimbabve esa 1 ochko bilan 3-pog‘onadan joy olib turibdi.
Afrika Millatlar Kubogi
2-tur bahslari
27-iyun, payshanba
“A” guruhi
Misr—Kongo 2:0
Gollar: 1:0 — 25 al-Muhammadi, 2:0 — 43 SalohUganda—Zimbabve 1:1
Gollar: 1:0 — 12 Okvi, 1:1 — 40 Billiat“B” guruhi
Nigeriya—Gvineya 1:0
Gol: 1:0 — 73 OmeruoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)