Professional boksning super yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashevning (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) jangi muddati yana o‘zgardi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Avvalroq Shohjahonning 21-iyul kuni Rossiyada jang o‘tkazishi haqida ma’lum qilingandi.
Xabarlarga ko‘ra, Shohjahon mazkur sanada ham ringga chiqmaydigan bo‘lgan. Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi 24-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi oydinlashdi. Hozircha jangda unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.
Mazkur boks jangi reyting jangi sifatida o‘tkaziladi va 10 raunddan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Unda hech qanday jahon chempionligi kamari o‘rtaga qo‘yilmaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)