Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram’da Checheniston va Gruziyaning qardosh davlatlar ekanini ta’kidlab, Tbilisida yuz bergan so‘nggi voqealardan tashvishlanganini yozgan. Bu haqda “Mk.ru” xabar berdi.
“Gruzinlar va ruslar, gruzinlar va chechenlar — qardosh xalqlar. Ammo ba’zi radikal kuchlar ushbu xalqlarni urushtirib qo‘ymoqchi”, — deydi Qodirov.
“Eslatib o‘taman, Grozniydan Tbilisigacha bor-yo‘g‘i 200 kilometr”, — yozadi u.
Shuningdek, Qodirov Rossiyada 1 million gruzin yashashini, ular mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik aloqasini bog‘lab turganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Qodirov gruzin madaniyati, adabiyoti va san’atini butun dunyo Rossiya tufayli taniganini eslatib o‘tgan. Shimoliy Kavkazda juda ko‘p xalqlar yashaydi, ular bir-birlari bilan do‘stlashishi uchun sabablar ko‘p, ammo nafratlanishlari uchun birorta sabab yo‘q, — deydi Checheniston rahbari.
Ushbu tortishuvning sababi uzoq vaqtdan beri Rossiya bilan munosabatlardagi vaziyatni keskinlashtirmoqchi bo‘lgan ayrim siyosatchilarning harakatlaridir. Gruziya hukumati radikallar tomonidan hujumga uchragan Rossiya deputati uchun xavfsizlikni ta’minlamaslikda aybdor.
Qodirovning ta’kidlashicha, Rossiya sayyohlar tufayli 2018-yilda Gruziyada deyarli 3,5 milliard dollar sarflagan. Endi kurortlar va sohillar bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi.
Izoh (0)