Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

21-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-tur bahslariga start beriladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Turning dastlabki o‘yinida Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” musobaqaning 11-turida “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa (5:1), “Dinamo” “Qo‘qon-1912” bilan durang natija qayd etgandi (2:2).

Shu kuni Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:45 da boshlanadi.

Qayd etish joiz, toshkentliklar avvalgi turda “Buxoro” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgandi (5:0). “Qizilqum” esa “So‘g‘diyona” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Superliga

12-tur bahslari

21-iyun, juma

“Dinamo”—“Lokomotiv” 18:00

“Paxtakor”—“Qizilqum” 19:45

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi