Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali g‘alla yetishtirishda o‘z hissasini qo‘shgan nurobodlik barcha fermer xo‘jaliklarining rahbar-xodimlariga, g‘allakorlarga viloyatda birinchilardan bo‘lib davlatga g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajarganlari uchun samimiy tabrik yo‘lladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Nurobodlik tajribali dehqonlar 2019-yil hosili uchun 2010 gektar sug‘oriladigan, 19000 gektar lalmikor maydonlarda bug‘doyning ertapishar va serhosil navlarini yetishtirib, rejadagi 9 ming 328 tonna o‘rniga 9 ming 452 tonna don topshirishdi. Yalpi hosil suvli maydonlarda o‘rtacha 51,1 sentnerni, lalmikor maydonlarda esa o‘rtacha 11-12 sentnerni tashkil etdi.
Izoh (0)